So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

11 apr 18:18
Yangiliklar

Kurash

Hamyurtimiz IKA vice-prezidenti etib saylandi

Teglar :  Kurash
Bugun Termiz shahrida Xalqaro kurash associaciyasi Ijroiya qo'mitasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni IKA prezidenti Xayder Farman olib bordi. Unda Osiyo, Afrika, Evropa hamda Panamerika konfederaciyalari vice-prezidentlari, shuningdek IKA Ijroiya qo'mitasi azolari ishtirok etishdi.

Ijroqo'm azolari Kurashni jahon miqyosida rivojlantirishning muhim masalalari, shu bilan birga kurashni turli qita va mintaqaviy o'yinlar dasturiga kiritilishini muhokama qilishdi.

Ijroiya qo'mitasi azolari Kurashni xalqaro miqyosda rivojlantirishda IKA faoliyatiga har tomonlama yordam bergani uchun shaxsan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va IKAning Faxriy Prezidenti SHavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi. Buning isboti sifatida 2020 yil noyabr oyida Kurashni jahon miqyosida rivojlantirish bo'yicha Prezident Qarori qabul qilinganligi etirof etildi.

Ijroiya qo'mitasi azolari kurashning Vatani bo'lgan mamlakat - O'zbekiston bilan o'zaro aloqada bo'lish uchun yangi IKA vice-prezidenti lavozimini joriy etishga qaror qilishdi. 

IKA prezidenti Xaydar Farman ushbu yangi tashkil etilgan lavozimga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abdusattorovich Abduvohidovni tayinlashni taklif qildi. Kengash azolari ushbu taklifni bir ovozdan qo'llab-quvvatladilar.

Xalqaro Kurash Associaciyasining Ijroqo'm yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimovlar ham ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing