11 fev 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Hamyurtimiz WBA Asia kamari uchun jang qiladi (POSTER)
12 mart kuni Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida IBA.Pro 15 musobaqasi o'tkaziladi.
Ahamiyatlisi, musobaqaning ikkinchi asosiy jangida super o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Ulug'bek Sobirov ringga ko'tariladi.
"KSK Arena" majmusida tashkil etiladigan turnir doirasida Ulug'bekga Serbiya vakili Vladimir Mironchikov raqib bo'ladi. Jang super o'rta vazn toifasida WBA Asia kamari uchun o'tkaziladi.
Malumot o'rnida, Ulug'bek Sobirov hozirga qadar 22 ta prof jang o'tkazib, 17 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. Vladimir Mironchikov hisobida esa 7 ta jangda qo'lga kiritilgan 7 ta g'alaba mavjud.

Havola :
Manba : IBA_PRO
Fikrlar