04 mar 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/29662_220.jpg)
Hamyurtimizning rossiyalik "shogirdi" chempionlik kamarini himoya qildi
Hozirgina AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni bo'lib turgan rossiyalik Sergey Kovalyov hamyurti Igor Mixalkindan chempionlik kamarini himoya qildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakuniga etdi. Ettinchi raundda referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu vaqtga kelib Mixalkin kuchli zarbalarni o'tkazib yuborgandi. Kovalyov chiroyli g'alaba evaziga chempionlik kamarini himoya qildi.
Etiborlisi, Kovalyovga o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov ustozlik qilyapti. Tursunpo'latov Olimpiada chempioni Fazliddin G'oibnazarovning shaxsiy murabbiyi hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar