23 fev 08:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Hardcore FC. Bugungi Emelyanenko - Monson oqshomining to'liq kardi
Bugun Moskva shahridagi "CSKA-Arena"da Hardcore FC promoushenining navbatdagi turniri o'tkaziladi.
"Rossiya AQSHga qarshi" nomi ostida tashkil etilayotgan oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Qo'lqopsiz jang qoidasi asosida tashkil etilayotgan turnirda rossiyalik taniqli MMAchi Aleksandr Emelyanenko AQSH vakili Jeff Monsonga qarshi ringga chiqadi.
Takidlash joiz, Monson 2015 yilda Rossiya pasportini olgan. Hozircha Jeff Sochi shahri deputati hisoblanadi.
Turnirning to'liq kardi:
Vitaliy Bodrov – Endryu Uitni;
Martin Juaryan – Jozef Suero;
Xaybula Musalov – Uill CHoup;
Muxamed Kalmikov – Jensi Silva;
Soslan Asbarov – Aleks Nikolson;
Timur Slashinin – Moris Jekson;
Aleksandr Emelyanenko – Jeff Monson.
Havola :
Fikrlar