So’nggi yangiliklar

18:07Боб Арум: "Кўпчилик у Иноуэни мағлуб этишига ишоняпти" 0 17:38Жаҳонгир Жумаев ва Суҳроббек Атажанов UAE Warriors 60 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:03ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди? 0 16:32Рамазон Темиров Таиландда Холмурод Нурматов билан бирга шуғулланяпти (ФОТО) 0 15:58Боб Арум: "Ломаченконинг муаммолари бор" 0 15:27UFC 316 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0 14:27“Eindhoven Cup”. Бугун боксчиларимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилишади 0 13:57Tashkent W15 турнирида финалчилар аниқланди 0 13:29UFC 316 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 13:04Неймар коронавирус юқтириб олди 0 12:36Икки Олимпиада чемпионимиз "Эйндховен кубоги"да иккинчи жангларини ўтказишди 0 12:11Дзюдо бўйича ўсмирлар терма жамоамиз Сочи ва Горига жўнаб кетди 0 11:39"Ролан Гаррос". Аёллар ўртасидаги бош соврин ҳамда €2,550,000 кимга насиб этди? 0 11:14Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади 0

11 noy 16:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy Bibosinov bilan jang haqida: "Revansh olaman. SHuning uchun ham havaskor boksga qaytdim"

Teglar :  Hasanboy Do'smatov
Bokschimiz Hasanboy Do'smatov Osiyo chempionatidagi yarim final jangidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu raqibim bilan birinchi marta boks tushishim. Bungacha janglarini ko'rib chiqqandim. Uni o'rganib olishga 1 raund ketdi va shu sababli yutqazib qo'ydim. Burchakka kelganimdan keyin murabbiylar ko'rsatmalari bilan jangni davom ettirdim va g'alabani o'z tomonga og'dirib oldim. 

Navbatdagi jangim, o'zim kutgan raqib - Saken Bibosinov bilan bo'ladi. Xudo xohlasa revansh olaman. SHuning uchun ham havaskor boksga qaytdim. Yana barchasini isbotlash uchun. 

Hakamlar? Bundaylar holatlar bo'lib turadi. Yarim finalga 10 nafar bokschi bilan keldik. Yoshlarda hali imkoniyatlar ko'p. Masalan Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev yutgandi, ammo ko'rganigizdek g'alaba raqibga berildi", - dedi Hasanboy. 

Eslatib o'tamiz, Hasanboy kecha yarim finalda mo'g'ulistonlik raqibni mag'lub etgandi. Ertaga u finalda qozog'istonlik Saken Bibosinov bilan jang o'tkazadi. U 2021 yil Serbiyada o'tkazilgan jahon chempionatida Bibosinovga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
11 noy 17:40:06
Коканд
Илоҳим ниятига етгин.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing