So’nggi yangiliklar

07:30Беш нафар боксчимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади, икки нафари қозоғистонлик боксчиларга қарши 0 21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0 21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0

03 apr 17:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov Bokudagi turnir va Osiyo chempionatiga tayyorgarlik haqida gapirdi

Xabaringiz bor, kecha boks bo'yicha terma jamoamiz azolari Bokudagi "Buyuk ipak yo'li" turnirida ishtirok etib, yurtimizga qaytib kelishdi.

 O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati bokschimiz Hasanboy Do'smatov bilan suhbatda ushbu turnirdagi taassurotlar va Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan qiziqdi.

"Ushbu musobaqa Osiyo chempionati oldidan tayyorgarlik vazifasini bajardi. CHunki, musobaqaga oz vaqt qoldi va ikkita jangdan so'ng ishtirokimni tugatishim kerak edi. Bokudagi turnir davomida rossiyalik va qozog'istonlik raqiblarimni mag'lubiyatga uchratdim. Ikkinchi jangimda qoshimdan jarohat oldim. O'sha payt hakamlar jangni to'xtatishdi. Ochkolar hisobida oldinda borayotganim sabab bahsda men g'alaba qozondim. Osiyo chempionati boshlangunga qadar hali vaqt bor. O'ylaymanki, jarohatim ungacha tuzaladi.

Ozarbayjondagi musobaqa Tailanddagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning bir qismi edi. Endi qita birinchiligiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Angrendagi "Yangiobod" o'quv bazasida olib boramiz. Nasib qilsa, keyin Osiyo chempionatiga jo'nab ketamiz", - dedi Hasanboy Do'smatov. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing