So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

15 avg 10:40
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Hasanboy Do'smatov: "Bu butun O'zbekistonning g'alabasidir"

Sport olamining eng yirik musobaqasi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish har bir sportchining ulkan orzusi. Olimpiada o'yinlarida g'oliblik shohsupasiga ko'tarilish ikki hissa sharafdir.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida bugun hamyurtimiz Hasanboy Do'smatovning g'alabasi sharafiga Davlatimiz madhiyasi yangrab, muzaffar bayrog'imiz sarbaland ko'tarildi.

Bu mamlakatimiz Istiqlolga erishganidan buyon Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritilgan ettinchi oltin medaldir.

Boks bo'yicha eng engil vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Hasanboy Do'smatov bugun bo'lib o'tgan hal qiluvchi final jangida kolumbiyalik Martines ustidan zafar quchib, o'z vaznida dunyoning birinchi raqamli sportchisi ekanligini amalda isbotladi.

“Vatanimiz bayrog'ini Olimpiya o'yinlarida sarbaland ko'targanimdan juda ham baxtiyorman. Bu butun O'zbekistonning g'alabasidir. Men doimo ozod va obod yurtda tug'ilib voyaga etganligimdan va xalqaro maydonda O'zbekiston nomidan maydonga chiqayotganligimdan doimo faxrlanaman. Muhtaram Prezidentimiz biz yoshlarga qarata marrani doimo yuqori oling, zero O'zbekiston yoshlari hech kimdan kam emas va hech qachon kam bo'lmaydi degan so'zlari qalbimga abadiy muxrlangan. Prezidentimizning ushbu davatlari barcha o'zbekistonlik yoshlar kabi meni ham doimo yangidan-yangi marralar sari chorlaydi. Fursatdan foydalanib, biz sportchilarga qaratilayotgan alohida etibor va ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik uchun Davlatimiz hamda xukumatimiz rahbariyatiga cheksiz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Olimpiya o'yinlaridagi oltin medalimni O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga hamda barchamiz uchun eng aziz, eng ulug' bayram Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag'ishlayman”, - deydi Hasanboy Do'smatov.  



Hasanboyni yaqindan bilganlar uni tug'ma istedod sohibi ekanligini bod-bod takrorlashadi. Bolaligidan sportga mexr qo'ygan Hasanboy o'z oldiga yuksak marralarni qo'ydi va ana shu maqsadga erishish yo'lida tingmay o'z ustida ishlab, mahoratini toblab bordi. Ne baxtkim, bundan 16 yil avval murg'ak qalbga tugilgan ezgu niyat bu kun ijobat bo'lmoqda.

“2000 yili Avstraliyaning Sidney shahrida o'tkazilgan Olimpiada o'yinlarida 7 yoshli bolakay edim. Hali-hamon yodimda, hamyurtimiz Muhammadqodir Abdullaev boks bo'yicha musobaqada barcha raqiblari ustidan zafar quchib, g'oliblik shohsupasiga ko'tarilganini butun oilamiz bilan ko'rganmiz. SHunda bir kun kelib men ham Olimpiya chempioni bo'laman deya niyat qilganman. Niyatlarimiz ijobat bo'lganidan juda ham xursandman”, - deya bolalik xotiralarini yodga oldi qahramonimiz.

Yaxshi niyat bir kun kelib albatta ro'yobga chiqishiga Hasanboyning tarixiy g'alabasi misolida yana bir karra amin bo'lish mumkin. XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida Meksika, Qozog'iston, AQSH hamda Kolumbiyalik charm qo'lqop ustalarini mag'lub etgan o'zbek o'g'loni Hasanboy  Do'smatovning nomi endilikda Olimpiada g'oliblari qatoridan o'rin egalladi.
“Hasanboyning g'alabasi qalbimizda faxr va g'urur hislarini yanada jo'sh urdirdi – deydi O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov.

Mahoratli charm qo'lqop ustamizni g'alabasi sharafiga muzaffar bayrog'imiz ko'tarilayotganda aksariyat vatandoshlarimiz kabi ko'zlarimga xursandchilik ko'z yoshlari keldi. SHuni ishonch bilan ayta olamanki, mahoratli bokschimizning ushbu olamshumul g'alabasi Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan barcha sportchilarimizni yanada ruxlantirib, yangidan-yangi g'alabalar sari chorlaydi”.   

Ha, XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida mamlakatimiz charm qo'lqop ustalari o'zlarining zafarli odimlari bilan yurtdoshlarimizni xushnud etishda davom etishmoqda. Ayni paytga kelib Olimpiya o'yinlarining boks musobaqalarida O'zbekiston terma jamoasi bitta oltin va bitta bronza medalini qo'lga kiritgan holda peshqadamlik qilishmoqda. Lekin bu hali hammasi emas. Oldinda mamlakatimiz charm qo'lqop ustalari ishtirokidagi qator muhim janglar turibdi.
Jumladan, to'rt nafar bokschimiz Murod Ahmadaliev, Fazliddin G'oipnazarov, Bektemir Meliqo'ziev va Bahodir Jalolov chorak finalda ringga ko'tarilishsa, SHahram Giyazov 15 avgust kuni final yo'llanmasi uchun marokashlik bokschiga qarshi bahs yuritadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
15 avg 14:45:52
NURMUHAMMAD SOBIROV!
Men juda hursandman! Aslida shu lahza uchun joningni bersang ariydi,!
   
15 avg 13:26:22
Marco 11
Muxammadqodir Abdullayevga izdosh desak adashamiz bu Hasanboy Dustmatov bu yangi mavzu, bu yangi Chempion !!!
   
15 avg 13:22:33
ellboy
omad va omad qolgan sportchilarimizga ham
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing