13 dek 18:36
Yangiliklar
Hasanboy Do'smatov endi ikki karra Jahon chempioni!
Musobaqada -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki karra Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Do'smatov finalda rossiyalik Bair Batlaevga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Hasanboy Do'smatov 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Malumot uchun, Hasanboy musobaqa doirasida Turkiya, Tojikiston va Armaniston vakillarini mag'lubiyatga uchratgan holda, finalga etib kelgandi.
Bugun shuningdek yana 5 nafar bokschimiz JCH oltin medali uchun ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Do'smatov 2017 yilgi JCHda kumush, 2023 yili esa oltin medalga sazovor bo'lgan. SHu tariqa, ikki karra Olimpiada chempioni hisobida endi Jahon chempionatlarining ham ikkita oltin medali bor.
Fikrlar