10 dek 22:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Hasanboy Do'smatov g'alaba qozonib, JCH yarim finaliga yo'l oldi
Boks bo'yicha IBA Jahon chempionatida chorak final bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov chorak finalda tojikistonlik Meroj Sufijonovga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda bokschimiz 4:1 hisobida g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l oldi.
Malumot uchun, Hasanboy musobaqadagi ilk jangida Turkiya vakilini mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi u ertaga yarim finalda Armaniston yoki Kuba vakiliga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar