14 dek 15:56
Yangiliklar
Hasanboy Do'smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi
"Mana Allohga shukr, ikki karra Jahon chempioni bo'ldik. Buning uchun butun O'zbekistonga rahmat aytaman. Yurtboshimiz boshchiligida bizga imkoniyatlar yaratib berilmoqda, biz esa bundan unumli foydalanmoqdamiz. Buning uchun rahmat. Murabbiylarimga ham.
Bundan keyin ham to'xtab qolmaymiz va kuchim etganicha harakat qilaman. Hali beri faoliyatimni tugatish niyatim yo'q.
Endi bundan buyon prof boksda chempionlik kamariga harakat qilamiz.
Pulni nimaga sarflayman? Ota-onamizga beramiz. SHu ergacha etib kelishga o'z hissasini qo'shgan insonlar, ortimizda turuvchi odamlar - ota-onalarimizdir.
Eslatib o'tamiz, IBA JCH g'oliblari uchun 300 ming AQSH dollari beradi. Ushbu summaning 150 ming dollari sportchining o'ziga tegishli bo'ladi.
Fikrlar