06 iyu 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Hasanboy Do'smatov Olimpiada oldidan Andijon viloyati hokimi bilan uchrashdi + VIDEO
Bokschi Hasanboy Do'smatov Parijdagi Olimpiya o'yinlariga jo'nab ketish oldidan o'zi tug'ilib o'sgan Andijon viloyatining hokimi SHuhrat Abdurahmonov bilan ko'rishdi.
"Oq yo'l, eshitib juda ham xursand bo'ldim, omadingni bersin. Andijondan bir o'zingsan! Ishonaman, Xudo xohlasa, oltin medal bilan kelasan. Imomlarga ham aytaman, masjidlarda duo qiladi. Faqat omad tilayman. Nima kamchiliklar bor?", dedi SHuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do'smatovga.
Do'smatov o'z o'rnida hokimning savoliga "Hammasi zo'r, duoingiz kam", deya javob berdi. SHundan so'ng, Andijon viloyati hokimi Rio-2016 chempioni Hasanboy Do'smatovga Parij Olimpiadasida ham omad va zafar yor bo'lishini tilab, duo qildi.
Malumot o'rnida, Parij Olimpiadasi 26 iyul - 11 avgust oralig'ida bo'lib o'tadi. Unda 11 nafar bokschilarimiz (7 nafar erkak, 4 nafar ayol) ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : t.me/sh_abdurahmonov
Fikrlar