05 okt 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
Hasanboy Do'smatov oltin medalni qo'lga kiritgandan so'ng nimalar dedi?
Bokschimiz Hasanboy Do'smatov bugun Osiyo o'yinlari finalida tailandlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Ushbu g'alabadan so'ng u o'z fikrlarini bildirdi:
"Har bir sovrinning o'rni bo'lak. Allohga shukr, menda faqatgina Osiyo o'yinlari oltin medali yo'q edi, endi har bir musobaqadan oltin medallar jamlandi.
Bu bilan to'xtamaymiz, nasib qilsa Parij Olimpiadasida ham oltin medal sari boramiz", - dedi Hasanboy Do'smatov "Sport" kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar