19 may 15:40
Yangiliklar
Yo'g'e? Usik ikki haftadan keyin mutlaq jahon chempioni maqomini yo'qotadi
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida endilikda sobiq WBC chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri hamda qolgan barcha kamarlar sohibi, ukrainalik Aleksandr Usik o'rtasida o'tkazilib, unda Usik hakamlarning ayri (115-112, 114-113,113-114) qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Qiziq jihati shundaki, Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni maqomida bor yo'g'i ikki haftagina bo'lar ekan. Boisi, IBF tashkiloti uni chempionlik kamaridan mahrum qiladi. Aslida Usik IBF kamarini majburiy davogardan himoya qilishi kerak edi. SHartnomada Tayson Fyuri revansh jangi o'tkazish majburiyati bor. Aleksandr keyingi jangini aynan Fyuriga qarshi o'tkazadi. Bu holatda IBF chempionlik kamari vakant qoladi.
Ayni paytda ukrainalik bokschi IBF, WBA, WBO, WBC hamda ikkinchi darajali hisoblangan IBO chempionlik kamarlari sohibi bo'lib turibdi. Usik havaskor boksda London-2012 Olimpiadasi, prof boksda esa 2018-2019 yillarda birinchi og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan.
Fikrlar