19 may 14:37
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora Keldiyorova jahon chempionatidagi yurishimizni g'alaba bilan boshlab berdi, uch dzyudochimiz esa... + FOTOGALEREYA
Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi 37-jahon chempionati boshlandi.
Biroz avval BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlandi. O'z tarixida 37-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida sayyoramizning 107 davlati dzyudochilari medallar uchun tatamiga chiqadi.
Xabar berganimizdek, ilk kungi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili ham kurashishi kerak edi. Ulardan ikki nafari ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Dilshodbek Baratov (-60 kg) yaponiyalik Taiki Nakamuraga, Halimajon Qurbonova (-48 kg) ustunlikka ega bo'lgan bellashuvida isroillik SHira Rishoniga, Sita Kadambaeva (-52 kg) esa yaponiyalik Kisumi Omoriga yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar