09 dek 22:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Hasanboy Do'smatov turkiyalik raqibini osonlik bilan mag'lub etdi
Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati qizg'in davom etmoqda.
Musobaqada -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov ilk jangini turkiyalik Samet Gumusga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq Hasanboy Do'smatovning ustunligi ostida kechdi va unda bokschimiz 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Endi Hasanboy navbatdagi jangini Tojikiston yoki Qirg'iziston bokschisiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar