05 noy 21:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Hasanboy Do'smatovning g'alabali yurishi davom etadi: u yarim finalda!
Amman shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov chorak finalda butanlik Tenzin Dryugelga qarshi ringga ko'tarildi va katta ustunlik bilan 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Qayd etish lozimki, Hasanboy 1-raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirishga ulgurdi.
Endi u yarim finalda mo'g'ulistonlik raqibga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
13:27
Hasanboy Do'smatov IBA.Pro chempionlik kamari uchun jang qiladi. Raqib, sana va manzil aniq! 0
Fikrlar