25 mar 14:52
Yangiliklar
Hasanboy Do'smatovning keyingi raqibi argentinalik bokschi bo'ladi - boxrec
Nufuzli boxrec portalining malum qilishicha, Do'smatov Qirg'izistonning Bishkek shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida ringga ko'tariladi.
Unga avval xabar qilinganidek, puerto-rikolik Jonatan Gonsales emas, Argentina vakili Joel Agustin Kontreras raqiblik qiladi.
Avvalroq, Jonatan Gonsales bilan jang WBA Interim kamari uchun o'tkazilishi aytilgandi, biroq Gonsales boshqa jang bo'yicha kelishuvga erishgani uchun uning Hasanboy bilan bahsi bekor qilingan edi.
Do'smatov ayni damda WBA reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Joel Agustin Kontreras esa ushbu reytingda ettinchi pog'onada qayd etilgan.
Malumot uchun, Hasanboy Do'smatov prof faoliyati davomida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Kontreras hisobida 11 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Fikrlar