15 jan 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Hasanboy va Isroil Kubaga bormaydi, ular Toshkentda ringga chiqishadi
Xabar berganimizdek, Uzbek Tigers jamoasi Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etadi.
“O'zbek yo'lbarslari” dastlabki uchrashuvni 9-10 fevral kunlari Kuba poytaxti Gavana shahrida o'tkazishadi. Unda bokschilar 52, 60, 69, 81 hamda +91 kg vazn toifalarida ringga ko'tarilishadi.
Hozircha Ozodlik oroliga yo'l oladigan tarkib malum
emas. Ayni paytda birinchi va ikkinchi raqamli charm qo'lqop ustalarimiz Yangiobod bazasida
o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishyapti. Ushbu yig'in 18 yanvarga qadar davom etadi.
Terma jamoamizning etakchi bokschilari Hasanboy
Do'smatov va Isroil Madrimov Toshkentda o'tkaziladigan boks oqshomida ringga
chiqishadi. -52 kg vazndagi etakchi bokschimiz Jasurbek Latipov jarohati sabab
Kubaga bormaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar