07 jan 12:36
Yangiliklar
Futbol
He Were Go. "Manchester Siti" qishdagi ilk tranferini amalga oshirdi
"Manchester Siti" "Bornmut" qanot hujumchisi Antuan Semeno bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano o'zining "Facebook" sahifasida malum qildi.
Manbaga ko'ra, transfer narxi 75 million evro (65 million funt sterling). Semeno payshanba, 8 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tgandan so'ng uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Ganalik qanot hujumchisi APLning bir qator boshqa grandlaridan taklif bo'lishiga qaramasdan "Man Siti"ga o'tishga qaror qildi. Uning ispaniyalik murabbiy Pep Gvardiola qo'l ostida o'ynash istagi transferda muhim rol o'ynagan.
Ushbu mavsumda 25 yoshli Antuan Semeno APLda 19 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Havola :
Fikrlar