28 jan 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA
"Hech qanday bahona yo'q". Pimblett Getjiga mag'lubiyatdan so'ng post qoldirdi
UFC engil vazn jangchisi Peddi Pimblett Jastin Getjiga qarshi mag'lubiyatdan so'ng ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.
"Umid qilamanki, jang barchaga yoqdi, menga yoqqandek. Meni qo'llab-quvvatlagan, zalga kelgan va uydan turib tomosha qilgan barchaga rahmat. Mening ahvolim yaxshi, jarohatlar yo'q. Jangga alo holatda chiqdim, lagerim zo'r o'tdi, vazn tushirish ham engil bo'ldi. Hech qanday bahona yo'q — kuchli jangchi g'alaba qildi. Jastin Getji, tabriklayman, do'stim. Bunday afsona bilan oktagonni bo'lishish sharaf edi. Borib, chempionlikni qo'lga kirit — sening faoliyating shunga loyiq", — deb yozdi Pimblett.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar