So’nggi yangiliklar

18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0 14:37"Реал" 5 нафар футболчини ҳеч қандай нархга сотмайди 0 14:16Шон Стрикленд узр сўради 0 13:55РАСМАН: Тошкент 2026 йилда дзюдо бўйича жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади! 0 13:34Бугунги мағлубият Хамзат Чимаев учун фаолиятидаги биринчиси бўлди 0

26 may 11:16
Yangiliklar

Boks/MMA

"Hech qanday o'g'rilik bo'lmagan" - WBC prezidenti Xeyni - Lomachenko jangi natijasini baholadi

WBC prezidenti Maurisio Suleyman engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Devin Xeynining Vasiliy Lomachenko bilan jangiga baho berdi.

Boks tashkiloti rahbarining so'zlariga ko'ra, jang natijasining qanchalar alodatli bo'lgani shunchalik darajada qarshi fikrlar keltirib chiqarmoqda.

"Hakamlar g'olibni aniqlashi kerak edi. Bazida bizning sevimli sport turimizda, janglar yaqindan bo'lganida hakamlarning qarorlariga qarshi chiqadiganlar ko'p bo'ladi. Fikrlar muxlislar va OAV o'rtasida bo'linib ketdi, ayniqsa Xeynining Lomachenkoga qarshi jangidan keyin. Boks doimo bahslar, matbuot va muxlislar tomonidan bosimlar keltirib chiqaradi. Qachonki katta janglar bo'lganida barchasi yanada ko'proq ko'zga tashlanadi.

Jangga baho berayotgan hakamlar hamda boshqa nigoh orqali tomosha qilayotganlar o'rtasida farq katta. Xuddiki, ring yonidagilar ilk navbatda, televideniya yoki internetdan ko'rayotganlar so'nggi o'rindadek. Har qanday holatda omadsizlikni bahona bilan oqlash noo'rin. SHak-shubxasiz, tushunmaganlar uchun bu baholanish juda tushunarsiz bo'lgan. Bu esa ushbu sport turini tushunmaslik, tajribasizlikdan dalolat. Yoki shunchaki kun yomon o'tdi, deyish juda qiyin. Yana bir marta aytaman: boks - faxrli sport turi.

Xeyni xalq yoqimtoyi bo'lgan Lomachenkoni mag'lub etdi, kuchli zarbalar berdi, ringni nazorat qildi va harakatlari zo'r bo'ldi. Tomonlar yaqindan jang qilishdi, shu sababli istalgan natijani qabul qilishga tayyor bo'lish kerak edi: yoki biror jangchining bir raund farqi bilan g'alabasi yoki durang. 

SHu sababli bu erda ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek, g'alabani o'g'irlash degan narsa bo'lgani yo'q. Barchamiz masuliyatni bo'ynimizga olamiz va faktlarni qabul qilamiz. Bu erda katta xodisa bo'lib o'tdi va bundan faqatgina boks yutdi. Sport turimizga bunchalik darajada negativlik olib kirmang", - dedi Suleyman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing