08 fev 17:56
Yangiliklar
Dzyudo
Hikmatulloh To'raev amaldagi Olimpiada chempionini mag'lub etdi
Parij tatamilarida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kungi bahslari o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Hozirgina -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz Hikmatulloh To'raev chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. To'raev nimchorak final bellashuvida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, italiyalik Fabio Bazileni vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Birozdan so'ng yurtdoshimiz chorak final bahsida mo'g'ulistonlik Cogtbaatar Cend-Ochirga qarshi tatamiga chiqadi. Mo'g'ul dzyudochisi nimchorak finalda polshalik raqibidan ustun kelgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
08:31
ATFC 25. Humoyun To'xtamurodov ishtirokidagi jang birinchi raundning o'zida yakunlandi (VIDEO) 0
Fikrlar