31 jan 09:48
Yangiliklar

Hindistondagi musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 7 nafar bokschisi yarim finalga chiqdi
Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etmoqdalar. Ikki kun oldin -91 kg vazn toifasidagi bokschimiz Sanjar Tursunov yarim final masalasini xal qilgandi. Kecha yana bir qator bokschilarimiz chorak final janglarini o'tkazishdi. To'qnashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi.
-52kg: Xudoynazar Fayzov - Laldin Mavia (Hindiston) 3:2
-56kg: Abdulhay SHorahmatov - Lal Madan (Hindiston) 5:0
-60kg: SHerbek Rahmatullaev - SHiva Tapa (Hindiston) 2:3
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Ashish (Hindiston) 4:1
-69kg: Bobousmon Boturov - Prasad Gale Bishnu (Nepal) 5:0
-75kg: Isroil Madrimov - Hamid Azizi (Afg'oniston) (Madrimov nokaut evaziga g'alaba qozondi)
+91kg: Laziz Mullajonov - Evans Agness Keddi (Seyshell) (Keddi nokaut evaziga g'alaba qozondi)
+91kg: Bahodir Jalolov - Narender (Hindiston) 5:0
Bugun musobaqaning yarim final janglari o'tkaziladi.
Fikrlar