02 jan 14:44
Yangiliklar
Hong Kong Tennis Open. Karen Xachanovda alamli mag'lubiyat
Dunyoning 19-raketkasi Karen Xachanov Bank of China Hong Kong Tennis Open turnirining ikkinchi davrasida ATP reytingining 106-pog'onasida borayotgan yaponiyalik Kei Nishikoriga 6/4, 3/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Kei bu g'alabasi evaziga tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni o'z foydasiga yiriklashtirdi - 5:2. Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Xachanov 7, Nishikori 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar kunchiqar yurt vakilida ko'proq bo'ldi - 4 ga 3.
Endi Nishikori 1/4 finalda britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqadi. O'z o'rnida ingliz tennischisi ikkinchi bosqichda italiyalik Lorenco Sonegodan 6/2, 4/6, 6/1 hisoblarida ustun keldi.
Fikrlar