09 okt 18:45
Yangiliklar
Boks/MMA

"Huker Islamni jang qilishga majbur qiladi degan umiddaman"
UFC jangchisi Jastin Getji Islam Maxachev va Den Huker o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
"Islam raqibini kurashishga majbur qiladi. Jangda Islam favorit, biroq bu Den uchun qo'l kelishi ham mumkin. Huker hech qachon greppler bo'lmagan, u hech qachon kurash tushmagan. Umid qilamanki, aynan Den Islamni jang qilishga majbur qila oladi. Maxachevni nokaut bo'lganini ham ko'rganmiz. Menga zerikarli jang qiladigan kurashchilar yoqmaydi. Bu meni shaxsiy fikrim",-dedi Getji.
Eslatib o'tamiz, Islam va Huker o'rtasidagi jang 30 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar