20 noy 19:42
Yangiliklar
Futbol
"Hukumat kubogi": Davlat xavfsizlik xizmati Mudofaa vazirligidan ustun keldi
Bugun Toshkent shahrining JAR stadionida futbol bo'yicha “Hukumat kubogi” musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi o'zaro kuch sinashishdi. Yakunda g'oliblik Davllat xavfsizlik xizmati jamoasiga nasib etdi (2:1).
Mazkur musobaqa joriy yilning 16 noyabr kuni start olgan bo'lib unda 32 ta vazirlik, yuqori turuvchi tashkilotlar hamda huquqni muhofaza qilish organlari ishtirok etishdi.
Musobaqaning 3-o'rini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Bosh Prokuraturasi jamoalariga nasib etdi.
Eslatib o'tamiz mazkur musobaqa O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yildan buyon “Bosh vazir kubogi” nomi ostida o'tkazilib kelinayotgan edi.
Havola :
Fikrlar