So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

15 mar 21:11
Yangiliklar

Tadbirlar

"Humo Arena"ning ochilish marosimi o'tkazildi, unda SHavkat Mirziyoev ishtirok etdi

Bugun Toshkent shahrida “Humo Arena” ko'p tarmoqli muz saroyining tantanali ochilish marosimi bo'ldi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ishtirok etib, barchani ushbu qutlug' voqea bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarda sog'lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilayotganini takidladi. 

– Yurtimizning barcha hududlarida, hatto olis tumanlarda zamonaviy va ommabop sport infratuzilmasi yaratilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar soni oshib bormoqda. Keyingi ikki yilda O'zbekiston sportchilari xalqaro musobaqalarda mingdan ziyod, shu jumladan, 400 dan ortiq oltin medallarni qo'lga kiritdi, – dedi SHavkat Mirziyoev.

Bugungi kunda sportning boks, dzyudo, erkin kurash, badiiy gimnastika, shaxmat va boshqa turlari bo'yicha o'zbek maktablari butun dunyoga malum va mashhur. Mamlakatimiz nufuzli xalqaro turnirlar, xususan, jahon va mintaqa chempionatlarini qabul qilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2030 yilgi yozgi Osiyo o'yinlarini O'zbekistonda o'tkazish tashabbusi ilgari surilgan.  

– Vatanimiz sportchilari figurali uchish, xokkey, tog' chang'isi, fristayl, snoubord kabi eng tomoshabop qishki sport turlarida ham munosib ishtirok etishlariga intilmoqdamiz. Fristayl bo'yicha qishki Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlaridagi oltin medallar, figurali uchish bo'yicha Osiyo o'yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda qo'lga kiritilgan etmishdan ortiq medal bu boradagi yutuqlarimizdir. Biz ushbu shonli sport ananalarini davom ettirishni burchimiz deb bilamiz, – deya takidladi Prezidentimiz. 

O'zbekiston davlat madhiyasi yangrab, mamlakatimiz bayrog'i baland ko'tarildi.

Ochilish marosimi sportchi va sanatkorlar hamkorligida tayyorlangan shou dastur bilan davom etdi. Muz maydoni sathida 3D mepping texnologiyasi asosida Humo qushi, bu erda o'tkaziladigan sport turlari tasviri namoyish etildi. Sportchi yoshlar hamda bolalar ko'rgazmali chiqishlar qildi. O'zbekistonning yosh sportchilari va mashhur xokkeychilar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.  

Yurtimizda qishki sportni rivojlantirish bo'yicha boshlangan ishlar o'z natijalarini bera boshladi. O'tgan yili to'rtta xokkey klubi tashkil etildi. Joriy yil fevralda xokkey bo'yicha birinchi chempionatga start berildi. Yaqinda Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo'lib o'tgan qishki Universiadada mamlakatimiz sportchilari ilk bor ishtirok etdi.

“Humo Arena” zamonaviy muz saroyining foydalanishga topshirilishi O'zbekiston sporti tarixida yangi bosqichni boshlab beradi.

Ushbu inshoot ilg'or muhandislik va binokorlik echimlari, texnik jihozlanganlik darajasi bilan betakrordir. Majmuaning 12 ming 500 o'rindan iborat asosiy maydoni transformaciya usulida qurilgan bo'lib, qisqa vaqtda uni qayta jihozlash, o'rindiqlar sonini oshirish yoki kamaytirish mumkin.

Bu xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling kabi qishki sport turlari bilan birga kurash, boks, mini-futbol, basketbol, voleybol, taekvondo bo'yicha musoqabalar o'tkazish, shuningdek, koncert, shou, ko'rgazma, konferenciya va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etish imkonini beradi. 

Arenani loyihalashtirish va qurishda zamonaviy shaharsozlik qoidalari, ekologik xafsizlik va sport inshootlariga doir xalqaro talablarga rioya qilingan, energiya samarador texnologiyalar qo'llanilgan. 

Majmuaning konceptual loyihasi Janubiy Koreyaning “Heerim Architects & Planners” kompaniyasi, tom qismining loyihasi Avstriyaning “Oberhofer Stahlbau” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Umuman, inshootni qurish va jihozlashda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Franciya, Finlyandiya, Rossiya kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan texnika va texnologiyalardan foydalanilgan.

“Humo Arena” yuqori toifali sportchilarni tayyorlash, yirik xalqaro musobaqalarni o'tkazish, eng muhimi, yoshlarni sportning qishki turlariga ham keng jalb etishda muhim omil bo'ladi. SHuningdek, ko'p tarmoqli sport-ko'ngilochar inshooti sifatida barcha aholi qatlamlarining jismoniy va madaniy kamolotiga xizmat qiladi. Kelgusida bunday majmua va markazlarni mamlakatimizning boshqa hududlarida ham qurish ko'zda tutilgan.

Marosimda Xalqaro xokkey federaciyasi prezidenti Rene Fazel, dunyoga mashhur sportchi va sanatkorlar ishtirok etdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing