30 apr 09:14
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov 16 ta eys "qurboni" bo'ldi
CHexiyaning Ostrava shahrida tennis bo'yicha ATP tasnifidagi "CHellenjer" turniri davom etmoqda.
Ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham o'z omadini sinab ko'rdi. Hamyurtimiz asosiy to'rning ilk davrasida turnirda tengdoshi, sakkizinchi raqam ostida saralangan livanlik Hadi Habibga qarshi kortga chiqdi.
To'qson bir daqiqa davom etgan bahsda 26 yoshli Habib 6/3, 7/6(4) hisobida g'alaba qozonib, 1/8 finalga yo'l oldi. Livanlik tennischi bahs davomida 16 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Humoyunda bu ko'rsatkichni 4 tani tashkil etdi. Qo'shxatolar hamyurtimizda ko'proq bo'ldi - 5 ga 2.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov hozirda ATP reytingida 224, Hadi Habib esa 174-o'rinni egallab turibdi. Bu ikki tennischining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar