24 fev 14:28
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov 200 000 dollarlik Bengaluru Open turnirida ishtirok etadi
Hindistonning Bengalaru shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir start oldi.
Bengaluru Open musobaqasining mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Unda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham o'z omadini sinab ko'radi. Mamlakatimining birinchi raketkasi qura natijasiga ko'ra ilk davrada avstraliyalik Tristan Skulkeytga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Yodingizda bo'lsa, tennischilar o'tgan hafta Punadagi turnirning ham ilk bosqichida o'zaro to'qnash kelishgandi. O'shanda Humoyun reytingda o'zidan ancha yuqorida borayotgan raqibini 6/3, 4/6, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Tristan Bengalor turnirida ikkinchi raqam ostida saralangan. Sultonov - Skulkeyt uchrashuvi ertaga bizning vaqt bilan soat 10:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar