25 fev 13:17
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov 200 000 dollarlik turnirning ilk bosqichida yutqazdi
Hindistonning Bengalaru shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir start oldi.
Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimix Humoyun Sultonov ilk davrada avstraliyalik Tristan Skulkeytga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 24 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Sultono 5:7, 7:6, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Malumot uchun, tennischilar 18 fevral kuni Punadagi turnirda o'zaro to'qnash kelishgan va unda Humoyun Sultonov g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar