17 noy 13:13
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov chiroyli boshlagan ishini yakuniga etkaza olmadi
Hindistonning Mumbay shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha ITF tasnifidagi "M25" turniri yakuniga etdi.
Biroz avval musobaqaning yakkalikdagi hal qiluvchi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda turnirning birinchi raqamli tennischi sifatida tasniflangan Humoyun Sultonov ikkinchi raketka Dalibor Svrchinaga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 11 daqiqa davom etgan bahsda O'zbekistonning birinchi raketkasi chexiyalik 22 yoshli raqibiga 6/3, 1/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sultonov ATP reytingida 229, Svrchina esa 254-o'rinni egallab turgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar