20 fev 12:36
Yangiliklar

Humoyun Sultonov dunyoning sobiq 18-raketkasini mag'lub etdi
Hindistonning Puna shahrida o'tkazilayotgan ushbu "CHellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqaning mukofot jamg'armasi 160 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan 1/8 final uchrashuvida avstraliyalik tajribali Bernard Tomichni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Humoyun 104 daqiqa davom etgan bahsda Yashit qita vakili ustidan irodali g'alabaga erishdi. Birinchi setni 4/6 hisobida boy bergan Sultonov yakunda g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi - 6/3, 6/3. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bernard 11, Humoyun 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Taqqoslash uchun, tennischimiz ayni paytda ATP reytingining 229-pog'onasidan joy olgan. Hozir dunyoning 227-raketkasi bo'lib turgan avstraliyalik tennischi esa o'z vaqtida dunyoning 18-raketkasi bo'lgan edi. Darvoqe, Humoyun 1/6 finalda boshqa bir avstraliyalik tennischi, turnirning uchinchi raketkasi, jahon reytingida 134-o'rinni egallab turgan Tristan Skulkeytni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 4/6, 6/3.
Fikrlar