22 fev 12:59
Yangiliklar

Humoyun Sultonov ishtirokidagi yarim final bahsi muddatidan oldin to'xtatildi
"CHellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqaning mukofot jamg'armasi 160 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Unda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham o'z imkoniyatini sinab ko'rdi. Biroz avval yakuniga etgan 1/2 final uchrashuvida u chexiyalik Dalibor Svrchinaga qarshi kortga chiqdi.
Birinchi set tay-brekda 7/6(8) hisobi bilan Humoyun foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda Dalibor tennischimizga bironta ham geymni yutib olish imkonini bermadi. Hal qiluvchi uchinchi setning to'rtinchi geymidan keyin Sultonov bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Uning asablari dosh bermadimi yoki eski jarohati bezovta qildimi, buni nomalum.
SHu tariqa, Humoyun Sultonov turnirdagi ishtirokini final ostonasida alamli tarzda to'xtatdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ayni paytda ATP reytingining 229, Svrchina esa 219-pog'onasidan joy olgan. Humoyun yarim finalga qadar reytingda o'zidan ancha yuqorida joylashgan raqiblarini mag'lub etishni uddalagandi.
Fikrlar