23 noy 14:15
Yangiliklar
Humoyun Sultonov Kalaburagida bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi M25 toifasiga kiruvchi ushbu turnirda ham birinchi raqam ostida saralangan.
Biroz avval yakuniga etgan 1/2 final uchrashuvida Sultonov qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi. U 1 soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda ettinchi raqam ostida tasniflangan hindistonlik Dev Javiyani 7/6(5), 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Ikkinchi yarim final bahsida esa rossiyalik Bogdan Bobrov AQSH vakili Nik CHappelldan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi - 6/3, 6/0.
Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 230, Dev Javiya 689, turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan Bobrov esa 410-pog'onani band etgan.
Fikrlar