08 apr 09:39
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov Monca "CHellenjer" turnirini g'alaba bilan boshladi
Italiyaning Monca shahrida tennis bo'yicha ATP 100 toifasiga kiruvchi "CHellenjer" turnirining asosiy to'r bahslari start oldi.
Mukofot jamg'armasi 145 250 evroni tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov zaxira o'yinchisi sifatida bahslarga kirishdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada reytingda o'zidan yuqorida turgan slovakiyalik 27 yoshli Lukas Kleynni 6/1, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 229, Kleyn esa 181-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Etmish ikki daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham bittadan eys zarbasini amalga oshirgan. Humoyun 4, Lukas 6 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar