28 apr 12:16
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov "Ostrava CHellenjer"ida qatnashadi
CHexiyaning Ostrava shahrida tennis bo'yicha ATP tasnifidagi "CHellenjer" musobaqasi boshlandi.
Unda O'zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etadi.
Hamyurtimiz asosiy to'rning ilk davrasidan bahslarga kirishadi. Uning ilk raqibi musobaqada sakkizinchi raqam ostida saralangan livanlik Hadi Habib bo'ladi. Uchrashuv 29 aprel, seshanba kuni bizning vaqt bilan soat 13:00 da start olishi belgilangan. Bu ikki tennischining o'zaro o'tkazadigan ilk bahsiga aylanadi.
Malumot uchun, 26 yashar Humoyun ayni damda ATP reytingida 224, u bilan tengdosh Hadi Habib esa 174-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar