22 apr 07:57
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov Rim "CHellenjer"ida ishtirok etadi
Kecha Italiyaning Rim shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumidagi ATP turniri start oldi.
Ahamiyatlisi, mukofot jamg'armasi 54 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur nufuzli musobaqada O'zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etadi.
Qumli kortda o'tkaziladigan turnirning ilk bosqichida Sultonovga litvalik Vilius Gaubas raqiblik qiladi.
O'yin Toshkent vaqti bugun 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun, 26 yoshli Humoyun Sultonov ATP reytingida ayni damda 224-o'rinni egallab turgan bo'lsa, 20 yashar Gaubas 149-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar