21 fev 20:00
Yangiliklar

Humoyun Sultonov turnirning beshinchi raketkasini ham mag'lub etdi
Hindistonning Puna shahrida o'tkazilayotgan ushbu "CHellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqaning mukofot jamg'armasi 160 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz 1/4 final uchrashuvida franciyalik Ugo Blansheni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/0, 6/2.
Humoyun 61 daqiqa davom etgan bahsda 3, raqibi esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar farang tennischisida ko'proq bo'ldi - 5 ga 2. Blanshe turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan edi.
Taqqoslash uchun, tennischimiz ayni paytda ATP reytingining 229-pog'onasidan joy olgan. Ugo esa 164-o'rinni egallab turibdi. Ertaga Sultonov final chiptasi uchun chexiyalik Dalibor Svrchinaga qarshi kortga chiqadi. U bugun rossiyalik Ilya Simyakindan 6/1, 6/3 hisobida ustun keldi.
Fikrlar