13 mar 10:22
Yangiliklar

Humoyun Sultonov uchun Greciyadagi ikkinchi "CHellenjer" ham omadsiz kechdi
Musobaqada 3-raqamli tennischi sifatida tasniflangan hamyurtimiz 11 mart kuni ilk bosqich doirasida dunyo reytingida 291-o'rinni egallab turgan litvalik Rikardas Berankisni 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Sultonov kecha nimchorak final bosqichida italiyalik Federiko Sinaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 38 daqiqa davom etgan uchrashuvda afsuski, Sina 7/6, 6/0 hisobida zafar quchdi va chorak final masalasini hal qildi.
Malumot uchun, Humoyun ayni paytda dunyo reytingida 218, Sina esa 557-o'rinni egallab turgandi. Sina ketma-ket ettinchi uchrashuvida g'alaba qozonganini takidlash joiz. U o'tgan hafta "Fyuchers" turnirida chempion ham bo'lgandi.
Avvalroq, namanganlik raketka ustasi Xersonisosdagi ilk "CHellenjer"da ham aynan ikkinchi bosqichda yurishini to'xtatgan edi.
Fikrlar