06 jan 13:13
Yangiliklar
Humoyun Sultonovning Australian Open'dagi ikkinchi raqibi malum bo'ldi, ular avval finalda to'qnash kelishgan
O'zbekistonning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov musobaqadagi ishtirokini saralash bosqichidan boshladi va g'alabaga erishdi. U ilk bosqichda kolumbiyalik Daniel Elaxi Galanni 6:3, 6:7, 7:5 hisoblarida mag'lub etgani haqida avvalroq xabar qilgandik.
Taqqoslash uchun, Humoyun ayni paytda dunyo reytingida 223, Galan esa 126-o'rinni egallab turgandi. Vakilimiz ushbu g'alaba orqali 8 ochko ishlab oldi.
Tennischimiz endi saralashning ikkinchi bosqichida chexiyalik Dalibor Svrchinaga qarshi bahs olib boradi. U reytingda 225-o'rindan joy olgan.
Malumot o'rnida, Svrchina 17 noyabr kuni Mumbaydagi turnir finalida Humoyunni 3/6, 6/1, 6/2 hisoblarida mag'lub etgandi. O'shanda Sultonov musobaqaning birinchi, Svrchina esa ikkinchi raketkasi bo'lgandi.
Navbatdagi uchrashuv 8 yanvar tongida o'tkaziladi.
Fikrlar