01 apr 10:52
Yangiliklar

Humoyun To'xtamurodov GFL 1 turnirida ishtirok etadi. Raqib UFC sobiq jangchisi!
Liga 25 may tongida AQSHning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahridagi Shrine Auditorium majmuasida ilk turnirini o'tkazadi.
Musobaqa kardidan o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Humoyun To'xtamurodov ham o'rin oldi. 26 yoshli To'xtamurodov amerikalik UFC sobiq jangchisi CHarlz Rosa bilan jang qiladi. Rosa 2014-2022 yillar davomida UFC'da faoliyat olib borgan va 5 ta g'alaba, 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. 38 yashar sportchining rekordi 18-8.
SHu kunga qadar 17 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan Humoyun To'xtamurodov so'nggi jangini 2024 yil dekabr oyida Franklin Fomeuga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'olib bo'lgandi. To'xtamurodov Liganing Dubay jamoasi vakili hisoblansa, Rosa Mayami sharafini himoya qiladi.
GFL 1 turnirining markaziy jangi UFC sobiq azolari — Yurayya Feyber va Renan Barao o'rtasida kechadi. Bundan tashqari, turnir doirasida Entoni Pettis, Xolli Xolm, Derek Branson, Robelis Despane kabi taniqli aralash yakka kurash ustalari oktagonga ko'tarilishadi.
Fikrlar