06 mar 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Humoyun To'xtamurodov nufuzli AQSH Ligasi bilan shartnoma imzoladi (VIDEO)
O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Humoyun To'xtamurodov faoliyatini okean ortida davom ettiradi.
Hamyurtimiz Amerika Qo'shma SHtatlarining nufuzli LFA (Legacy Fighting Alliance) Ligasi bilan kelishuvga erishdi.
Bu haqda To'xtamurodov o'zining Instagram'dagi sahifasida xabar berdi. Hozircha Humoyunning yangi tashkilotdagi ilk jangi qachon va qaerda bo'lib o'tishi nomalum.
"Borz" taxallusiga ega 27 yashar Humoyun To'xtamurodov faoliyati davomida hozirgacha 19 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar