So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

27 fev 07:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Humoyun To'xtamurodov ozod etildimi? U Instagram'iga yangi post joyladi va muxlislariga murojaat qildi

2023 yilning dekabr oyi boshida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Humoyun To'xtamurodov tovlamachilikda ayblanib, hibsga olingan edi.

Oldinroq, sportchining insta akkaunti butkul yo'qolib qolgani haqida xabar bergan edik.

Ammo kecha To'xtamurodovning Instagram tarmog'idagi rasmiy sahifasi qayta ishga tushdi. Humoyun To'xtamurodov nomidan yuritilayotgan ushbu akkauntga yangi post joylandi va unda sportchining muxlislariga murojaati aks etdi:

"Barchaga Assalomu Alaykum!

Qudrati va Adolati butun dunyoga dong urgan O'zbekiston vatanimga kindik qonim to'kilgan kundan boshlab, shu mehribon O'zbek xalqim uchun, Allohim nazari tushgan Yurtboshim uchun fidoiy bo'lib tug'ilganimni va shu yo'sinda yashab o'tishim kerakligini his qilganman!

Bayrog'i elkam uzra hilpirab turgan payt Aziz Vatanim, butun ona xalqim qo'llab-quvvatlagani kabi men ham shu xalq uchun, O'zbekiston uchun jonimni har on berishga tayyorman!

Men Humoyun To'xtamurodov, shu buyuk yurt bayrog'ini dunyo uzra ko'tarilishida oz bo'lsa-da hissa qo'shishni oliy maqsad bilgan oddiy xalq ichidan chiqqan, Vatanga muhabbati cheksiz sportchiman!

Meni hech qanday jinoyatchi guruhlar, qonunbuzarlar bilan aloqam yo'q! OAVda men haqimda aytilgan gumonlarning barchasi asossiz! Yangi O'zbekistonda qonun ustuvor! Bu yurt non-suvini, mehrini ichib yashagan har bir inson bu yurt qonunlariga ham amal qilib yashashi shart!

Men uchun havotir olgan, duo qilgan suyukli xalqimga minnatdorchilik bildiraman! Kelajakda butun dunyo bo'ylab Vatanim bayrog'ini munosib himoya qilishga vada beraman! Olg'a O'zbekistonim",  deyiladi murojaatda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing