21 mar 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Humoyun To'xtamurodov qamoqda bo'lgan vaqtida gapirgan bazi bir MMA jangchilarning gaplariga javob berdi
Humoyun To'xtamurodov qiyin vaqtida ortidan gapiradigan MMA jangchilar haqida fikr bildirdi.
«Hibsga olinganimdan so'ng bazi bir jangchi blogerlar telefonda gapirib, nimalardir qildi. Agar o'shalar ko'chada yuzma-yuz ko'rishib qolsa, ketgunigacha qo'li ko'ksida turadi. Mana shunaqalarni ikkiyuzlamachi deb atayman. Boshingizga musibat tushib qolsa, «maska» kiyib olmaslik kerak. Men bilan bo'lgan voqeani hali hech kim bilmay, internetga kirvolib har xil gaplarni gapirishni hamma biladi.
Misol uchun, meni ham instagram sahifamda 1,3 million nafar obunachim bor. Menam bir nima deb aytsam, kimdir ishonadi, kimdir yo'q. SHuning uchun ham aniq malumot olmay turib, hamma gapga ham ishonish kerak emas», -dedi To'xtamurodov.
Havola :
Manba : qalampir.uz
Fikrlar