20 mar 16:29
Yangiliklar
Humoyun To'xtamurodov: "Qonunga zid yuradiganlar bilan hech qanday aloqam yo'q"
"Yoshligimdan guruhbozlikni yomon ko'raman. Guruhim bo'lganida ham faqat zaldagi aka-ukalar bilan birgaman, ular bilan sparing janglarida ishtirok etaman, jang vaqtida bir-birimizni qo'llab-quvvatlab turamiz. Zaldan tashqarida hech qanday guruhbozlik qilmaymiz.
Unaqa ko'cha bezorilari, qonunchilikka zid yuradigan insonlar, qonunni buzadigan odamlar bilan hech qanday aloqam yo'q. To'g'ri, tanish bilishlar ko'p bo'lsa, ular orasida yaxshisi ham yomoni ham bo'ladi. Biroq men hamma bilan ham bir dasturxonda taom eydigan joyim yo'q. Ularni menga foydasi ham, zarari ham yo'q. Meni yo'nalishim umuman boshqa.
Ertalab turaman, doim maqsadim bo'ladi. Doim oilam va Vatanimga foyda keltirish uchun yashayman. Menga nisbatan guruhbozlik sabab "kirib ketdi" degan gaplar hech qanday asosga ega emas", - dedi To'xtamurodov.
Fikrlar