07 dek 23:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Humoyun To'xtamurodov raqibiga faoliyatidagi 26-mag'lubiyatini "sovg'a qildi" (VIDEO)
Germaniyaning Vittlix shahrida MMA bo'yicha Integra FC 22 turniri bo'lib o'tdi.
Avval xabar berganimizdek, oqshom doirasida o'zbekistonlik 26 yoshli aralash yakkakurash ustasi Humoyun To'xtamurodov ham oktagonga chiqdi.
Unga gruziyalik Paata Robakidze raqiblik qildi. Uch raundlik jang dastlabki daqiqadayoq nihoyasiga etdi. Humoyun raqibini bo'g'ish usuli orqali muddatidan oldin taslim etdi.
SHu tariqa, "qo'qonlik lev" faoliyatidagi 19-jangida 14-g'alabasini nishonladi. 41 yoshli Paata Robakidze hisobida esa endi 30 ta g'alaba va 26 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar