28 jan 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Hurshidbek Normatov Kanadada ringga ko'tariladi
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz Hurshidbek Normatov ertaga tongda navbatdagi jangini o'tkazadi.
Kanadaning Toronto shahrida o'tkaziladigan jang oqshomida hamyurtimiz meksikalik Uriel Ernandesga qarshi ringga ko'tariladi.
Jang sakkiz raundga mo'ljallangan va reyting jang maqomida bo'ladi.
Malumot uchun, shu kungacha prof boksda 9 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (3 ta nokaut). Ernandes esa 18 marotaba jang o'tkazib, ularning 13 tasida g'olib bo'lgan (7 ta nokaut). 5 marotaba mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut).
Mazkur jangda hamyurtimizga omad tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar