21 okt 12:28
Yangiliklar

Ian Garri: "Maddalena Maxachevni "stoyka"da mag'lub etadi"
SHu bilan birga, irlandiyalikning fikricha, Jek Islamning kurashidan o'zini himoya qila olishi va oyoqda tura olishi jangning asosiy lahzasi bo'ladi.
"Men uchun asosiy savol shuki, Islam Maddalenani kurashda qo'lga olganida nima bo'ladi? Jek buning ustida ishladimi? CHunki Maxachev - jahon darajasidagi usta kurashchi va u o'z mashg'ulotlari bilan butun hayoti davomida shunday bo'lgan. Jang tik holatda davom etsa, menimcha, Jek g'alaba qozonadi. Della buni tik holatda qila oladi, ammo savol shundaki, u besh raund davomida teykdaunlarni to'xtata oladimi?", - dedi Garri Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirida Jek Della Maddalana va Islam Maxachev avstraliyalikka tegishli chempionlik kamari uchun oktagonga chiqadi. 22 noyabr kuni Qatarda bo'lib o'tadigan turnirda esa Ian Garri sobiq divizion chempioni Belal Muhammad bilan oktagonni bo'lishadi.
Fikrlar