So’nggi yangiliklar

20:09Ёшлар ўртасидаги Ўзбекистон Кубогининг илк куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 19:48ATP рейтинги. Фақат Шин кўтарилди, қолганларга ҳавас қилиб бўлмайди. Султонов 70 поғона пастлади 0 19:27"Айнан шу нарса уни чемпион қилди". UFC жангчиси Чимаевнинг ажралиб турадиган жиҳатини айтди 0 19:06Кормье ҳозирги пайтда UFC’нинг икки энг яхши жангчиси кимлигини айтди 0 18:39Дана Уайт Чендлернинг Оқ уйда кимга қарши жанг қилиши режалаштирилганини айтди 0 18:17Романо: Испания ва Аргентина терма жамоалари футболчилари Финалиссима ўйинида майдонга тушишга тайёр эди 0 17:52Собиқ чемпион Чимаев Шон Стриклендни қандай мағлуб этишини билади 0 17:29Майк Тайсон Флойд Мэйвезерга қарши жанг тафсилотларини айтди 0 17:07Фьюри: "Усик билан трилогияда мен ғалаба қозона олган бўлардим" 0 16:45Эшли Коул Италия клуби бош мураббийи этиб тайинланди 0 16:23"ММАда Макгрегорга ўхшаш яна кимнидир кўрамизми — билмайман" - Кормье 0 16:00WTA рейтинги. Теннисчимиз 107 поғонага юқорилади, қолганлар ҳам. Иккинчи ракеткамиз ўзгарди 0 15:39Ролли Ромеро Шаҳрам Ғиёсовдан кейин энди Мэнни Пакьяони айблади 0 15:18Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими? 0 14:57"Мароқанд" жамоаси Евроосиё стол тенниси лигасида ғолиб бўлди 0

15 dek 16:55
Yangiliklar

Boks/MMA

IBA yoki World Boxing? O'zbekistonda tanlov qanday bo'lishi kerak? (tahlil)

Bir necha kun oldin Dubay shahrida boks bo'yicha Xalqaro boks associaciyasi - IBA'ning Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekistonlik bokschilar mazkur Jahon chempionatida 13 ta vaznda 9 ta medal (2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza) medal qo'lga kiritishdi.

Bu yil hisobidan boks bo'yicha terma jamoamiz ikkinchi marotaba Jahon chempionatida qatnashishdi. Birinchisi sentyabr oyida Liverpulda World Boxing tashkiloti tomonidan o'tkazilgandi. Erkaklar o'rtasidagi bahslar 10 ta vazn toifasida o'tkazilgan va shulardan 6 tasida oltin va 1 tasida kumush medalga ega chiqqandik. 

Ayni paytda O'zbekiston har ikkala tashkilotning azoasi hisoblanadi. Hozircha, bir tashkilotga azolik, ikkinchisidan chiqib ketishga sabab bo'lmaydi. 

Dubayda yakuniga etgan JCHdan so'ng muxlislar o'rtasida IBA'ni boykot qilishni yoqlovchi fikrlar ko'paydi. Bazi janglarda hakamlik bilan bog'liq bo'lgan muammolar shunday fikrlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Ayniqsa, finallardagi mag'lubiyatlarimizdan so'ng emociyada ko'plab bahs-munozaralar bo'ldi.


Ammo birdaniga keskin qarorga kelmaslik kerak. Tushuntirib o'tishga harakat qilaman. 

World Boxing - o'z-o'zidan tushunarliki, yangi tuzilgan tashkilot Xalqaro Olimpiya qo'mitasi bilan yaxshi aloqalarga ega va katta ehtimol bilan Los-Anjeles Olimpiadasida ham boks bahslarini o'tkazishga aynan ular bosh-qosh bo'lishadi. Bugungi kunda mazkur tashkilotga Qozog'iston boksi yulduzi Gennadiy Golovkin rahbarlik qilmoqda. Liverpulda bo'lib o'tgan Jahon chempionati mobaynida ham yangi tashkilotda hali bir qator tashkiliy masalalar yo'lga qo'yilmaganini kuzatdik. Bu balki vaqt o'tishi bilan to'g'irlanadigan kamchiliklardir. SHuningdek, Jahon chempionati g'olib va sovrindorlarini rag'batlantirish masalasi ham hozircha yo'lga qo'yilmagan. 


Oddiyroq qilib aytganda - ularda katta pul yo'q. Lekin - Olimpiada ushbu tashkilot qo'lidagi asosiy "fishka" hisoblanadi. 

IBA - Xalqaro boks associaciyasi. Oldin AIBA deb atalgan. O'z tarixiga ega tashkilot. SHu paytgacha havaskor boks (yoki Olimpiya boksi desak ham bo'ladi) yo'nalishida aynan ushbu tashkilot muvofiqlashtiruvchi bo'lgan. So'nggi yillarda rossiyalik Umar Kremlyov boshchiligidagi associaciya o'zi o'tkazayotgan musobaqalar uchun qiziqarli, jozibador moliyaviy takliflar bermoqda. Dubayda yakunlangan Jahon chempionatida ham mukofot jamg'armasi 8 million dollarni tashkil etdi. Oltin medal egalariga 300 mingdan, kumush va bronza egalari mos ravishda 150 ming va 75 ming dollardan to'lanadi. SHuningdek, chorak finalda yutqazib, 5-o'rin bilan kifoyalangan bokschilar ham 10 ming dollarlik bo'lib qolishdi. Bu summadan 25 foizi bokschining murabbiyiga, 25 foizi esa milliy federaciyaga tegadi. 


Mukofot taqsimlashdagi shu tizim ham milliy federaciyalarda IBA Jahon chempionatida qatnashishga qo'shimcha motivaciya bera oladi. O'zbekiston misolida olsak, taxminan 360 ming dollar miqdoridagi mukofot puli bir necha yig'inlar, xalqaro musobaqalar, federaciya faoliyatidagi harajatlarining bir qismini qoplab berishi aniq. 

Bundan tashqari, Kremlyov kelasi yili sovrin jamg'armasi 10 million AQSH dollarini tashkil etuvchi Jahon Kubogi musobaqalari o'tkazilishini, mamlakatlar ichki chempionatlarini o'tkazishga ko'mak tariqasida 55 million AQSH dollari ajratilishini elon qildi. SHuningdek, tashkilot ko'plab federaciyalarga, bokschilar, sobiq bokschi (Rufat Risqievga ko'rsatilgan ko'mak bunga misol) va murabbiylarga moliyaviy yordam berib turadi. Bazi janglarda hakamlik bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan bo'lsada, IBA'dan butunlay voz kechib ketmaslik kerak. Har holda shuning ortidan bokschilarimiz moliyaviy holatlarini yaxshilab olishmoqda. Tabiiyki bugungi kunda, World Boxing pul borasida IBA bilan raqobat qila olmaydi. 

Bir necha oy oldin O'zbekiston boks federaciyasida o'tkazilgan matbuot anjumanida bosh kotib SHohid Tillaboevga savol bilan murojaat qilganimda, "federaciya har ikki tashkilotning Jahon chempionatida qatnashish tarafdori ekanligi, musobaqalar ko'pligi bokschilarimiz uchun faqat foyda bo'lishi" mazmunida javob olgandim.  

Qolaversa, ayni paytda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan bu borada qandaydir taqiqlovchi buyruq yoki bosim yo'q. Hozircha. Ammo, vaziyat istalgan payt o'zgarishi mumkin. SHu sababli ham, har ikki tashkilot bilan munosabatlarni yomonlashtirmay, aksincha mustahkamlashda davom etaverish kerak. Boks federaciyamizning poziciyasi ham shunday ekanligiga shubham yo'q. 

Xulosa qilib aytganda, World Boxing - Olimpiada medali sari yo'l, IBA esa yaxshigina moliyaviy imkoniyatlardir. Ikkisidan ham voz kechib bo'lmaydi. Sizda fikr boshqacha bo'lsa, ayting :)


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing