11 jan 12:44
Yangiliklar
IBF chempion Lomachenkoga muhlat belgiladi
CHempionlik himoyasi uchun birinchi majburiy muddat o'tgan yilning noyabrida berilgandi. O'shanda shifokorlarning tibbiy xulosasi bilan ukrainalik bokschi jang o'tkaza olmagandi. Yani, uning mashg'ulotda belidan olgan jarohati kutilganidan ham jiddiyroq bo'lib chiqqandi.
IBF Lomachenko va uning jamoasiga ikkinchi, so'nggi muddatni berdi. Vasiliy 8 oktyabrdan kech bo'lmagan muddatda o'z chempionlik kamarini himoya qilishi shart. Ukrainalik bokschining raqibi vaqtinchalik IBF kamar uchun o'zaro jang o'tkazadigan Zaur Abdullaev va Reymond Muratalla o'rtasida aniqlanadi. Agar Lomachenko belgilangan muddatgacha bu jang g'olibiga qarshi ringga chiqmasa, vaqtinchalik IBF kamari sohibi to'laqonli chempionga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, bir oydan keyin 37 yoshga to'ladigan Vasiliy Lomachenko so'nggi bor o'tgan yilning may oyida WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlarining sobiq sohibi Jorj Kembosmosni mag'lubiyatga uchratgandi. O'sha jangda bokschilar Devin Xeynidan vakant qolgan IBF kamari uchun ringga chiqishgan edi.
Fikrlar